Bizning manzil:
111215, Toshkent viloyati, Qibray tumani, Bobur ko'chasi 4-uy Elektron manzil: ilmiymarkaz@karantin.uzSeminar trening
Toshkent viloyati Burchmulla Davlat o’rmon xo’jaligi Sijjak 5 bo’limi jarboshi soy aylanmasida “Manzarali va o’rmon daraxtlarini zararkunanda va kasallikdan himoya qilish” bo’yicha dala seminari bo’lib o’tdi.
O’simliklar karantini va himoyasi ilmiy tadqiqot institutidan “Manzarali va o’rmon daraxtlarining zararli organizmlariga qarshi kurashish” laboratoriyasi mudiri Zafar Nafasov hamda “Dala nazorati va fitosanitar xavfni tahlil qilish” laboratoriyasi mudiri Dilshod Obidjonov qatnashib kerakli maslahatlarni berdilar.
💬Dala seminari o’rmon xo’jaligi ilmiy-tadqiqot instituti olimlari bilan hamkorlikda olib borildi.
Seminarda hozirgi kunning dolzarb muammolari bo’yicha o’z yechimini kutayotgan manzarali daraxtlarni kasallik va zararkunandalardan himoya qilishning innovatsion kurashish choralari bo’yicha o’rmon xo’jaligi xodimlariga tegishli tavsiyalar berildi.