Bizning manzil:
111215, Toshkent viloyati, Qibray tumani, Bobur ko'chasi 4-uy Elektron manzil: ilmiymarkaz@karantin.uzRespublika bo‘ylab g‘alla maydonlarida fitosanitar nazorat tadbirlari o‘tkazilmoqda
Bugungi kunda g‘alla ekinlarining rivojlanish bosqichida ularni turli zararli organizmlardan himoya qilish va hosil cho‘g‘ini saqlab qolish maqsadida O‘simliklar karantini va himoyasi ilmiy-tadqiqot institutining barcha mintaqaviy filiallari ilmiy xodimlari tomonidan joylarda tizimli nazorat tadbirlari olib borilmoqda.
Xususan, institut mutaxassislari tomonidan g‘alla maydonlarida uchraydigan zang, septorioz va un-shudring kabi kasalliklarning oldini olish hamda zararli zararkunandalarga qarshi kurashish bo‘yicha ekin maydonlari doimiy ko‘rikdan o‘tkazilib, zaruriy tavsiyalar berildi.
Bu kabi ilmiy-amaliy tadbirlar respublikamizning barcha g‘allachilik hududlarida davom ettirilmoqda.