Shrift o'lchami:

A

A

Sayt rangi:
A
A
A

Tabriknoma

Tabriknoma

✅BMT Bosh Assambleyasining 2007-yil 18-dekabrdagi “Qishloq hududlarida ayollarning ahvolini yaxshilash” toʻgʻrisidagi rezolyutsiyasiga asosan 15-oktyabr - Xalqaro qishloq ayollari kuni deb eʼlon qilingan. Yurtimizda ham ushbu sana 2019-yildan buyon anʼanaviy nishonlanadi. 

📌Shu munosabat bilan 15-oktyabr kuni O’simliklar karantini va himoyasi ilmiy-tadqiqot instituti rahbariyati tomonidan kichik tadbir tashkil qilinib, bir necha yillardan beri  soha rivojiga hissa qo’shib ishlab kelayotgan ayol xodimlarga samimiy tilaklar bildirildi.

💐Siz ayollar oila va jamiyat ustuni, hayotimizning fayzi va ko‘rki bo‘lgan xotin-qizlarni e’zozlash, ularga hurmat va ehtirom ko‘rsatish xalqimiz uchun azal-azaldan buyuk qadriyat bo‘lib kelgan va shunday bo‘lib qoladi. Chunki sizlar bilan hayotimiz go‘zal va mazmunli, xonadonlarimiz obod va nurafshondir.