Asosiy mazmunga oʻtish
Institut yangiliklari1 daqiqa oʻqish

Laboratoriya yangiliklari

Laboratoriya yangiliklari

✅Dala nazorati va fitosanitar xavfni tahlil qilish” laboratoriyasi kichik ilmiy xodimi Rajabov Shohrux va “Noyob obyektlar kolleksiyasini tayyorlash va saqlash” bo‘limi bosh mutaxassisi Sulaymonova Nigora hamda “Qishloq...

✅Dala nazorati va fitosanitar xavfni tahlil qilish” laboratoriyasi kichik ilmiy xodimi Rajabov Shohrux va “Noyob obyektlar kolleksiyasini tayyorlash va saqlash” bo‘limi bosh mutaxassisi Sulaymonova Nigora hamda  “Qishloq xo‘jaligi ekinlarining zararli organizmlariga qarshi kurashishning ilg‘or texnologiyalarini joriy etish” laboratoriyasi laboranti Boboxonova Muhabbat hamkorlikda Botanika bog‘idagi hamda institutning Qibray tumanida joylashgan tajriba yer maydonidan yong‘oq, o‘rik, chinor hamda yog‘och zararkunandalaridan namunalar yig`ib olishdi,  to‘plangan materiallar esa laboratoriyaga olib kelindi. 

📌Mazkur jarayon fitosanitar xafni taxlil qilish, monitoring qilish, zararkunandalarni biologik xususiyatlarini o‘rganish va ularga qarshi samarali kurashish uchun muhim rol o‘ynaydi.

💬Olib kelingan namunalarning bir qismi  laboratoriya sharoitida ko‘paytirish uchun qolgani esa kolleksiyalar tayyorlash uchun topshirildi.

Ulashish:TelegramFacebook
Laboratoriya yangiliklari — Karantin instituti