Ilmiy hamkorlik

Ilmiy hamkorlik! 🤝O’simliklar karantini va himoyasi ilmiy-tadqiqot instituti direktori Zafarbek Kasimov O'zbekiston Respublikasi Fanlar Akademiyasi Mikrobiologiya instituti direktori Shaxlo Miralimova bilan ikki institu...
Ilmiy hamkorlik!
🤝O’simliklar karantini va himoyasi ilmiy-tadqiqot instituti direktori Zafarbek Kasimov O'zbekiston Respublikasi Fanlar Akademiyasi Mikrobiologiya instituti direktori Shaxlo Miralimova bilan ikki institut o'rtasida o'zaro hamkorlikda ilmiy tadqiqotlar amalga oshirish maqsadida memorandum imzoladi.
📌Memorandum doirasida fitopatologiya, o'simliklarni himoya qilishda mikrobiologik preparatlardan foydalanish, patogen mikroorganizmlarni ko'paytirish, aniqlash va qo'llash yo'nalishida hamkorlikda tadqiqotlar olib borish rejalashtirilgan.



