Shrift o'lchami:

A

A

Sayt rangi:
A
A
A

Tabriknoma

Tabriknoma

💐Ustoz deganda, har qaysi inson ko‘nglida chuqur hurmat — ehtirom va cheksiz minnatdorlik tuyg‘ulari, shu bilan birga, hech qanday boylik bilan o‘lchab va ado qilib bo‘lmaydigan qarzdorlik xissi paydo bo‘ladi. Inson, avvalo, unga bilim va ma’rifat dunyosi sari yo‘l ochib bergan, uning qalbiga yuksak insoniy fazilatlar xissini singdirish yo‘lida zahmat chekkan ustoz va murabbiylariga nisbatan ko‘nglida hamisha minnatdorlik tuyg‘usi bilan yashaydi.

✅Bugun O`simliklar karantini va himoyasi ilmiy-tadqiqot institutida “Ustoz va murabbiylar” kuniga bag’ishlangan bayram tantanasi tashkil qilinib institutda bir necha yillardan beri tinimsiz mehnat qilib kelayotgan ustozlarimizga extirom va hurmat ko’rsatildi.

📌O’simliklar karantini va himoyasi ilmiy-tadqiqot instituti direktori so’zga chiqib o’zining  samimiy tilaklarini bildirdi va ustozlarga esdalik sovg’alarini topshirib sohaga qo’shgan ulkan xissalari uchun chuqur minnatdorchilik bildirdi.