Shrift o'lchami:

A

A

Sayt rangi:
A
A
A

Mintaqaviy filial yangiliklari

Mintaqaviy filial yangiliklari

✅Joriy yilning 16-oktyabr  kuni  Oʻsimliklar karantini va himoyasi ilmiy tadqiqot institutining  Qoraqalpogʻiston Respublikasi filiali ilmiy xodimlari tomonidan Taqiyatosh tumani  Naymanko’l OFY hududidagi oq terak, va qoratol daraxtlarida monitoring oʻtkazildi.

📈Monitoring jarayonida ilmiy xodimlar  tomonidan oq terak va qoratol daraxtlarida  shahar moʻylovdori (Aeolesthes sarta) zararkunandalari  bilan jiddiy zararlanganligi aniqlandi.

💬Tuman bo’limiga  zararlangan oq terak va qoratol daraxtlarini zararsizlantirish, agar daraxt zararlanib qurish holatiga kelib qolgan boʻlsa yoqish yoʻli bilan yoʻq qilish shuningdek shikastlangan daraxtlarni agrotexnik tadbirlarni oʻz vaqtida va toʻliq bajarishda  fosforli va azotli mikroelementlar hamda  oʻsimliklarning oʻsishini boshqaruvchi preparatlar bilan oziqlantirish, kimyoviy preparatlardan tarkibida fosfatli insektitsidlar bilan ishlov berish  boʻyicha ilmiy asoslangan tavsiyalar berildi.

Bizni kuzatib boring