Bizning manzil:
111215, Toshkent viloyati, Qibray tumani, Bobur ko'chasi 4-uy Elektron manzil: ilmiymarkaz@karantin.uzLaboratoriya yangiliklari
✅O'simliklar karantini va himoyasi ilmiy-tadqiqot instituti Toshkent davlat agrar universiteti bilan qo'shma hamkorlik doirasida O'simliklar himoyasi va karantin kafedrasi 22-30 - guruh talabalariga "Yaylov,yem-xashak,moyli va dorivor o'simliklarning zararli organizmlariga qarshi kurashish" laboratoriyasida amaliyot darslari o'tkazilmoqda. Amaliyot jarayonida laboratoriya xodimlari laboratoriya kichik dala tajriba maydonchasida olib borilayotgan tajribalar haqida tushunchalar berib o'tdi.
📌Kichik dala maydonchasida ekilgan amarant o'simligining ikki xil navi yig'ib olindi va saralandi. Uchragan zararkunanda va kasalliklar haqida tushunchalar berib o'tildi.
📈Yig'ilgan hosilning xo'jalik samaradorligini hisoblash bo'yicha tajriba hisob kitob ishlari laboratoriyada olib borilmoqda.
Amarant navlarining hosildorligi o'simlikda uchragan zararkunanda va kasalliklar tahlili mavsum davomida laboratoriya sharoitida o'rganiladi.